Jamoa hisoboti
Varaqlar ajralmaydi, yaqinlashadi — FALSE
Da’vo: «Ikki varaq orasiga puflasangiz, ular ajralib ketadi». Hukm: FALSE. 10 sinovdan 9 tasida varaqlar yaqinlashdi, 1 tasi noaniq. Bernulli qonuni buni tushuntiradi: tez havoda bosim past, tashqi bosim varaqlarni bir-biriga itaradi. Videoda esa natija lahzasi kesilgan va manba yo‘q. Nima qilish kerak: oddiy da’voni o‘zingiz sinab ko‘ring va sinovni yozib qo‘ying.
— 10-B jamoa