Jamoa hisoboti
«Ustozlar kuni uchun bepul karta» xabari. Hukm: NOTO‘G‘RI
Da’vo: «maktab dastlabki 100 o‘quvchiga bepul karta tarqatyapti; havolani bosib, ID rasmi va SMS kodni yuboring». Hukm: NOTO‘G‘RI. Dalillar: 1) rahbar bunday xabar olmagan: «agar maktab bersa, rahbar e’lon qiladi» shakli bo‘yicha, maktab bermayapti; 2) ID rasmi va SMS kod maxfiy ma’lumot; 3) xabarda uchta xavf belgisi bor: begona jo‘natuvchi, shoshiltirish, kod so‘rash. O‘quvchilar nima qilishi mumkin: havolani bosmasin, kod va hujjat yubormasin, xabarni rahbarga va kattalarga ko‘rsatsin.
— 10-B jamoa