Sevimli axborot vositangiz qaysi?
Yangilik maqolasining birinchi gapi lede (lead) deyiladi va eng muhim ma’lumotni beradi. Uni «do‘stingga bir gapda ayt» usuli bilan yozamiz: Who? What? When? Where? Why? – Kim? Nima? Qachon? Qayerda? Nima uchun? Maqola teskari piramida shaklida quriladi: eng muhim faktlar boshida, kam muhimlari oxirida. Iqtibos keltirilganda odatda said fe’li ishlatiladi, shaxs birinchi marta to‘liq ism va lavozimi bilan, keyin faqat familiyasi bilan nomlanadi: “We are very proud,” head teacher Malika Karimova said. Fikr manbasini doim ko‘rsating.
Maktab gazetasida musobaqa haqidagi yangilik birinchi gapdan boshlanadi. O‘quvchilar ko‘pincha faqat birinchi gapni o‘qiydi, shuning uchun kim, nima, qachon va qayerda ekani o‘sha yerda bo‘lishi kerak.
Muharrirlar, matbuot xizmati xodimlari va blogerlar eng muhim ma’lumotni boshiga qo‘yadi, shunda o‘quvchi tezda tushunadi.
Bugun sizda bo‘lgan eng muhim voqeani do‘stingizga bir inglizcha gapda ayting: «Today I … at … .» Gapda kim, nima, qayerda borligini tekshiring.
| ? | Javob |
|---|---|
| Who | pupils of School 12 |
| What | planted two hundred trees |
| When | Saturday |
| Where | in the school yard |
| Why | to make the air cleaner |
«Lede yozing»: o‘qituvchi uch ta mavzu beradi (maktab musobaqasi, yangi kutubxona, ekologik aksiya); juftliklar lede va ikkita iqtibos yozadi.