Hujjatlarda rasmlar bilan ishlash
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
«Mening oilam» hujjatiga ikkita rasm qo‘ying va ularning o‘lchamini o‘zgartiring.
Ikki rasm qo‘yilgan, nisbati saqlangan holda o‘lchami o‘zgartirilgan bo‘lsin.
2
Bitta rasmni kamida to‘rtta matn bilan uyg‘unlik variantida joylashtirib ko‘ring va farqini yozing.
Matn orasida – satrda; ramka atrofida – matn aylanib o‘tadi; orqada/oldida – matn ustma-ust; tepa va pastda – matn rasmdan oldin va keyin.
3
«Paintda rasm chizish» nomli matn yozing: Paint imkoniyatlari va asboblar vazifalarini bayon qiling.
Chizish, bo‘yash, o‘chirgich, matn, shakllar kabi asboblar vazifasi tushuntirilsin.
4
Internetdan rasm olishda qanday qoidalarga amal qilasiz? Uchta qoida yozing.
Ruxsat berilgan rasm tanlash; manbani yozish; boshqalarning shaxsiy suratini ruxsatsiz qo‘ymaslik.