Tahrirlash va formatlash amaliyoti
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
«Men va do‘stlarim» hujjatini tahrir qiling va sahifa, shrift hamda abzas formatini o‘zgartirib, «Men va do‘stlarim» nomi bilan saqlang.
Hujjatda xatolar tuzatilgan va uch xil format qo‘llangan bo‘lsin.
2
«Assalom, Navro‘z!», «Oltin kuz» yoki «Sog‘lom tanda sog‘ aql» mavzularidan biri bo‘yicha kichik hikoya yozing va formatlang.
Hikoya o‘z so‘zlaringizda 5–8 gapdan iborat bo‘lsin; sarlavha ajratilgan, tahrir qilingan.
3
Tekshirish ro‘yxatini daftaringizga ko‘chirib, o‘z hujjatingizni unga qarab baholang.
Ro‘yxatdagi har bir band uchun «ha» yoki «yo‘q» deb belgilang.
4
«Maktab bilim o‘chog‘i» mavzusida matn yozing va matn oxirida qo‘llangan shrift, abzas va sahifa xususiyatlarini sanab bering.
Uch guruh bo‘yicha kamida bittadan xususiyat sanalsin.