☰ Mundarija · Ona tili

So‘z yasovchi qo‘shimchalar

Darslar 16–18 · 3 ta dars · D. Baynazarova (2-qism); D.J. Baynazarova (3-qism); D.J. Baynazarova, M.E. Toirova (4-qism). Ona tili 3-sinf, 2–4-qismlar (1-qism mavjud emas). Novda Edutainment, 2023
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Asos va qo‘shimchani ajratib yozing: paxtakor, sutchi, mazali, javobsiz, boshla.
2
«Kuch» asosidan ikkita so‘z yasang va har biri bilan gap tuzing.
3
-li va -siz bilan yasalgan ikki juft so‘z yozing.
4
Sinfdoshingiz haqida «-dosh» qo‘shimchali so‘z ishtirokida 2 ta gap yozing.