4-B xabarlari
Dinozavrni hech kim ko‘rmagan — olimlar qanday biladi?
Dinozavrlar taxminan 230 million yil oldin paydo bo‘lib, 66 million yil oldin ko‘pi yo‘qolgan. Odam esa taxminan 300 ming yil oldin paydo bo‘lgan, shuning uchun dinozavrni hech kim ko‘rmagan. Ularning qanday bo‘lganini paleontolog olimlar qazilma suyaklar va izlardan bilib oladi. Bugungi qushlar esa dinozavrlarning avlodlari.
— Malika, yosh muxbir