4-B xabarlari
Tog‘ vulqon degani emas
Vulqon — yer ostidagi erigan tog‘ jinsi (magma) otilib chiqadigan joy. O‘zbekistonda faol vulqon yo‘q, tog‘lar bor bo‘lsa-da. Lekin zilzila bo‘ladi: u litosfera plitalarining harakatidan yerning silkinishi. Bahorda qor tez erisa yoki kuchli yomg‘ir yog‘sa, tog‘ jilg‘alarida sel kelishi mumkin. Zilzilada stol tagiga o‘tamiz, boshni himoya qilamiz va silkinishdan keyin binodan tinch chiqamiz.
— Malika, yosh muxbir