Chet tillari nima uchun o‘rganiladi: til bergan imkoniyatlar
Chet tilini bilgan odam ko‘proq odam bilan gaplasha oladi, kitob va saytlarni asl tilida o‘qiydi, boshqa xalqlarning madaniyatini yaxshiroq tushunadi. Olimlar, sportchilar, shifokorlar, gidlar va ko‘plab kasb egalari xorijiy hamkasblari bilan til orqali hamkorlik qiladi. Onlayn-tarjimon dasturlar foydali yordamchi: yozuvni tez tarjima qiladi. Lekin ular har doim aniq tarjima qilavermaydi va odamning o‘rnini to‘liq bosa olmaydi. Shuning uchun tilni o‘zimiz ham o‘rganamiz. Yangi til o‘rgansak, shu tilda gapiradigan xalqning qo‘shiqlari, ertaklari va urf-odatlari bilan ham tanishamiz. Xalqimizda «Til bilgan — el bilgan» degan naql bor.
«Salomlashuv»: bolalar sinf bo‘ylab yurib bir-biri bilan turli tillarda (o‘zbek, rus, ingliz) salomlashadi va xayrlashadi; o‘qituvchi yangi so‘zlarni doskaga yozadi.