Zamondan o‘zgan ma’rifatparvar va til o‘rganish yo‘llari
Is’hoqxon Ibrat — XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yashagan ma’rifatparvar. U yoshlar ilm, madaniyat va texnika yangiliklarini chet tillarini bilish orqali o‘zlashtiradi, deb hisoblagan. Ibrat bir necha tilni o‘rgangan va ko‘p tilli lug‘at tuzgan. Chet tilini o‘rganishning samarali yo‘llari: har kuni oz-ozdan shug‘ullanish; yangi so‘zlarni jumla ichida o‘rganish; so‘zni rasm bilan bog‘lash; kartochkalar tayyorlash; shu tilda qo‘shiq tinglash va bolalar kitoblarini o‘qish; xatodan qo‘rqmay gapirish. Chet tilini o‘rganganlarning xotirasi kuchayadi va diqqatini yig‘a oladi.
Qaysi guruhga kiradi?
Ikki do‘st kun bo‘yi «salom» va «rahmat»ni inglizcha aytishga kelishadi. Kechga kelib bu oson bo‘lib qoladi.
O‘qituvchilar, tarjimonlar
Bugun nechta tilda gap eshitsangiz yoki yozuv ko‘rsangiz, sanab chiqing.
«Rasm-so‘z»: bolalar kartochkalarga rasm chizib, orqasiga o‘zbekcha va chet tilidagi so‘zni yozadi. Juftlikda bir-biridan so‘raydi.