Tutuq belgisi
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Oila a’zolaringiz haqida 3 ta gap yozing. Tutuq belgili so‘z qatnashsin.
Masalan: Oilamizda hamma ta’limga e’tibor beradi. Singlim she’r yodlaydi.
2
Bo‘g‘inlarga bo‘lib yozing: ma’no, e’lon, san’at, ta’lim.
ma’-no, e’-lon, san’-at, ta’-lim
3
Kerakli joyga tutuq belgisini qo‘yib yozing: mashal, vada, sanat.
mash’al, va’da, san’at
4
Tutuq belgili 5 ta ismni yozing yoki toping.
Masalan: Ra’no, Ne’mat, A’zam, Ma’mura, Sa’dulla.