Xavfli vaziyatlarda qanday harakat qilish kerak?
Xavfli vaziyat — odamlar, mol-mulk yoki tabiat xavf ostida qolgan holat. Zilzilada: silkinish paytida yugurmaymiz va liftga minmaymiz; mustahkam stol tagiga kirib, boshimizni qo‘llarimiz bilan to‘samiz, derazalardan uzoq turamiz; silkinish to‘xtagach, kattalar bilan binodan chiqamiz; ko‘chada baland bino va elektr ustunlardan uzoqlashamiz. Yong‘in belgilari: tutun, kuyish hidi, alanga, elektr chiroqlarining miltillashi. Yong‘inda: darhol binodan chiqamiz, kattalarga xabar beramiz, 101 raqamiga qo‘ng‘iroq qilamiz va qaytib kirmaymiz. Gaz hidi bo‘lsa: chaqmoq yoki gugurt yoqmaymiz, elektr tugmasini bosmaymiz, ochiq havoga chiqamiz va 104 ga qo‘ng‘iroq qilamiz. Gugurt va olov bolalar uchun o‘yinchoq emas. Boshqa muhim raqamlar: 102 — ichki ishlar xizmati (politsiya), 103 — tez yordam.
«Qo‘ng‘iroq qilamiz»: juftlikda o‘yinchoq telefon bilan rol o‘ynash: bir bola xizmatga qo‘ng‘iroq qiladi, ikkinchisi dispetcher. Ism, manzil va nima bo‘lganini aniq aytish mashq qilinadi.