Shaxsiy chegaralar
Insonlar o‘rtasida ko‘zga ko‘rinmaydigan chegaralar bor — ular shaxsiy chegara deyiladi. U bizning tanamiz, buyumlarimiz, fikrlarimiz va qadriyatlarimizni boshqalarnikidan ajratadi. Masalan, birovning daftarini so‘ramay ochish, kiyimi ustidan kulish, sirini so‘rab olish yoki ruxsatsiz tegish chegarani buzadi. Chegaramiz buzilsa: xotirjam turamiz, «Bas qiling, bu menga yoqmayapti» deymiz, kerak bo‘lsa uzoqlashamiz va ishonchli kattaga aytamiz. Biz ham boshqalarning «yo‘q» degan so‘ziga hurmat bilan qaraymiz. Hech kim bizni tanamizga yoqmaydigan tarzda tegishga yoki «hech kimga aytma» deb xavotirli sir saqlashga majbur qila olmaydi. Bunday holda ota-ona yoki o‘qituvchiga darhol aytamiz.
Qaysi guruhga kiradi?
Skameykada ikki bola yonma-yon o‘tiribdi. Biri «Iltimos, biroz surilib o‘tir» deydi, ikkinchisi suriladi.
Shifokorlar, sartaroshlar
Bugun birovning yoniga o‘tirishdan oldin «Shu yerga o‘tirsam bo‘ladimi?» deb so‘rang.
«Yo‘q deyish»: juftlikda kichik sahnalar o‘ynaladi (kimdir buyumni so‘ramay oladi). Bir bola xotirjam va aniq «Yo‘q, bu menga yoqmaydi» deb mashq qiladi, ikkinchisi hurmat bilan to‘xtaydi.