Qadimiy shaharlar va ona tilimiz
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Vatanimizdagi bitta shahar haqida oilangizdan so‘rab, 2–3 gap yozing.
Masalan: Buxoro qadimiy shahar. U yerda Minorai Kalon bor.
2
«Ona tilim» mavzusida 3 ta gap ayting.
Masalan: Ona tilim — o‘zbek tili. Uni juda yaxshi ko‘raman. U menga aziz.
3
Uchta qofiyadosh juftlik yozing.
Masalan: tosh — bosh, bog‘ — tog‘, non — kon
4
Uyingiz yaqinidagi bitta qadimiy yoki mashhur joyni chizing va nomini yozing.
Bola rasm chizib, joy nomini yozadi.