Dunyoning eng buyuk sayyohlari
Ibn Battuta (1304–1368/69) Marokashdagi Tanjer shahrida tug‘ilgan, buyuk musulmon sayyohi. 1325-yilda taxminan 21 yoshida haj uchun yo‘lga chiqdi va deyarli 30 yil davomida Afrika, Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo, Hindiston, Xitoy va boshqa o‘lkalarda bo‘ldi. U Buxoro va Samarqand orqali Hindistonga borgan. Taxminan 120 000 km yo‘l bosgan deb hisoblanadi. U sayohatlarini «Rihla» kitobida bayon qilgan. Yillarni o‘qish: 1304 – thirteen oh four; 1325 – thirteen twenty-five; 1333 – thirteen thirty-three. «In 1325 he left home.» «He travelled for almost 30 years.» Yana bir mashhur sayyoh – Marko Polo (Venetsiya), u Ipak yo‘li orqali Xitoyga borgan. Past Simple da to‘g‘ri fe’llar (travel – travelled) va noto‘g‘rilar (leave – left, come – came, write – wrote).
«Yillar»: o‘quvchilar yillarni (1304, 1325, 1333, 1345) tez o‘qiydi; so‘ng jadvalga ketma-ketlikda joylashtiradi.