Shaxs va narsa nomini bildiruvchi so‘zlar
Javoblar ota-onalar va o‘qituvchilar uchun.
1
Uyingizdagi 3 ta narsani birlik va ko‘plikda yozing.
Masalan: stul — stullar, piyola — piyolalar, yostiq — yostiqlar
2
Oila a’zolaringizni yozing va ularga savol bering.
Masalan: ona (Kim?), dada (Kim?), aka-ukalar (Kimlar?)
3
Ikki guruhga ajrating: shifokor, daraxt, singil, kitob, oshpaz, quyosh
Kim?: shifokor, singil, oshpaz; Nima?: daraxt, kitob, quyosh
4
«Bolalar» so‘zi bilan gap tuzing.
Masalan: Bolalar hovlida to‘p o‘ynashdi.