☰ Mundarija · Tarbiya

Odobli so‘z va yordam

Darslar 8–9 · 2 ta dars · Tarbiya 1-sinf. Novda Edutainment, 2023
8

So‘zlashish odobi

Darslik: 46–50-betlar
MaqsadSehrli so‘zlarni bilish va suhbatda to‘g‘ri ishlatish.
Yangi so‘zlar
salomlashish · greetingrahmat · thank youmarhamat · please, here you arekechirasiz · excuse me, sorry
Tushuntirish

«Assalomu alaykum», «rahmat», «marhamat», «kechirasiz», «xayr» — sehrli so‘zlar, chunki ular har kimning ko‘ngliga yo‘l topadi. Odobli bola o‘ylab gapiradi. Kattalarga birinchi bo‘lib salom beramiz. Jamoat joyida telefonda baland gapirmaymiz, suhbatdoshga qarab gaplashamiz.

Namunalar
Bekzod ko‘chada qo‘shni buvini ko‘rdi: «Assalomu alaykum, buvijon! Sumkangizni ko‘tarishib yuboraymi?»
Sinfda faoliyat

«Sehrli so‘z» o‘yini: o‘qituvchi iltimos aytadi; agar «iltimos» yoki «marhamat» so‘zi bo‘lsa, bolalar bajaradi, bo‘lmasa joyida qoladi.

Mashq
1
Kimdir sizga sovg‘a berdi. Nima deysiz?
2
Bexosdan birovni turtib yubordingiz. Nima deysiz?
3
«Oz gapir — soz gapir» maqoli nimani o‘rgatadi?