☰ Mundarija · Musiqa

Qo‘shiqlar va tovushlar olami

Darslar 4–7 · 4 ta dars · Musiqiy savodxonlik 1-sinf. Novda Edutainment, 2023
7

Musiqiy asboblar

Darslik: 22–25-betlar
MaqsadMusiqachi va xonandani farqlash; bir nechta cholg‘u asboblarini tanish.
Yangi so‘zlar
musiqachi · musicianxonanda · singercholg‘u asbobi · musical instrumentdoira · frame drum
Tushuntirish

Har bir kasbning o‘z asboblari bor: oshpazda qozon, duradgorda arra. Musiqachining asbobi — cholg‘u asbobi. Musiqachi cholg‘u asbobida musiqa ijro etadi. Xonanda esa musiqani o‘z ovozi bilan, qo‘shiq qilib ijro etadi.

Namunalar
Doirachi — musiqachi; qo‘shiq aytayotgan qiz — xonanda.
Sinfda faoliyat

«Qaysi asbobni chalyapman?»: bola so‘zsiz harakat qilib asbob chalayotganini ko‘rsatadi (doira uradi, dutor chertadi, nay puflaydi). Sinf topadi.

Mashq
1
Qo‘shiqni ovozda ijro etuvchi kim?
2
Topishmoq: «Yumaloqman, terim tarang, urib chalsang, jaranglayman». Bu nima?
3
Uyingizda qanday cholg‘u asbobi bor?